28-bob. Tabuk jangi
28 The Battle of Tabuk
Allohning Elchisiga (ﷺ) xabar yetib keldiki, rimliklar Arabiston yarim orolining shimolini bosib olish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda, ular Mu’tah jangida musulmon qo‘shinining qilgan ajoyib taktik chekinishi xotirasini o‘chirmoqchi. Bu safar u zot (ﷺ) tashqi tahdidga o‘zi yuzlanishga qaror qildi va rimlik rahbarlarning musulmonlar ishiga aralashish niyatlarini, ularning yurtlariga hujum qilish xayollarini ham butunlay barbod qiladigan reja tuzdi.
News reached the Messenger of Allah (pbuh) that the Romans were preparing to raid the North of the Arabian Peninsula in order to wipe out the memory of the spectacular tactical withdrawal which the Muslim army had staged in the battle of Mu’tah. This time he (pbuh) decided to face the foreign threat himself, so he (pbuh) drew up a plan designed to finally kill off any ambitions that the Roman leaders held about interfering in the affairs of the Muslims or any thoughts that they may have entertained about raiding their lands.
Yoz oxiri edi, jazirama issiq edi va qurg'oqchilik hukm surardi. Madina bilan Shom o'rtasidagi masofa uzoq va mashaqqatli edi, sayohat uchun mavsum ham emas edi. Shu sababli, bu safar sabr-toqatni talab qilardi. Allohning Elchisi ﷺ bu omillarni hisobga olib, odatiga zid ravishda, lozim darajada tayyorgarlik ko'rishlari uchun o'z askarlariga maqsadni oshkor qildi. Allohning Elchisi ﷺ boshqa harbiy yurishlarida doim maqsadlarini sir tutar, dushmanni aldamchi harakatlar strategiyasi bilan chalg'itardi.